Kirish

  • Qisqacha ma'lumot »
  • Head

  • Style »
  • Meta »
  • Base »
  • Link »
  • Script »
  • Body

  • Hatboshi »
  • Matn ko'rinishi »
  • Shriftlar »
  • Jadvallar »
  • Menyu qo'yish »
  • Obyektlar »
  • Gipperssilka »
  • Formalar »
  • +Bonus

  • Belgilar kodlari jadvali »
  • Rang kodlari »
  • About

  • Muallif haqida »
  • OBYEKTLAR



    Obyektlar

    Eng oddiysi rasm qo'yishdir.

    <img src="cola.jpg">

    Bunda siz qo'yayotgan rasmingiz nomi cola va qisqartmasi .jpg bo'lishi, rasm html-dokumentingiz bilan bir papkada turishi kerak. Aks holda rasmingiz o'rnini kichkina 'x' egallaydi. Yoki:

    <img src="images/cola.jpg">

    Rasm bu holda images papkasini ichida turishi lozim. images papkasi html-dokument bilan bir papkada turadi. Rasmning ham parametrlari mavjud:
    alt - agar rasm ochilmasa uning o'rnini yozuv egallaydi. Masalan alt="rasm" - agar rasm ochilmasa o'rnida 'rasm' yozuvi yozilib turadi.
    title - Rasm ustiga sichqonchani olib borsak, chiqadigan yozuv. title="Maker" - rasm ustida maker yozuvi chiqadi. border - rasm chegarasi. Bu ko'pincha rasmni bosiladigan qilganda chiquvchi ramkasini yo'qotish uchun kerak bo'ladi. border="0"
    Height va width - rasm kattaligini o'zgartirish. Buni jadval chiqarishda ko'rib chiqqan edik.
    align - rasmda ham align parametri rasmning qaysi joyda joylashishini ko'rsatadi.
    Bu parametrlar img ichida yoziladi



    Nima chiqishini o'zingiz toping...

    MUSIQA QO'YISH

    Musiqa qo'yishning ikki xil yo'li bor. Birinchisi sahifa yuklanganda chiquvchi musiqadir. U obyektga kirmaydi. Kodi:

    <bgsound src="music.mid">

    Ikkinchi yo'li media player plaginini qo'yib musiqa chiqarish. Bunda embed'dan foydalaniladi. Qisqasi sinab ko'ring:

    <embed src="music.mid">

    Embed'ning parametrlari:
    src - qo'yiladigan faylning yo'lini ko'rsatadi.
    pluginspace - plaginni URL-adresini ko'rsatadi.
    hidden - obyektni ko'rsatmaslik. Parametri 2 ta: true va false. 'True'da obyekt ko'rsatilmaydi. Kengaytirilgan ko'rinish:



    Ba'zi hollarda embed'ni eski brouzerlar ishlata olmay qoladi, shu sababli noembed'ni ham qo'llash mumkin.
    noembed - agar brouzer embed'ni ishlata olmasa chiqadigan yozuv:



    Bu </embed>dan so'ng yoziladi.
    HTML-dokumentga java o'yinlar qo'yganda Java-obyektini hosil qilish uchun applet ishlatiladi. Misol: