Kirish

  • Qisqacha ma'lumot »
  • Head

  • Style »
  • Meta »
  • Base »
  • Link »
  • Script »
  • Body

  • Hatboshi »
  • Matn ko'rinishi »
  • Shriftlar »
  • Jadvallar »
  • Menyu qo'yish »
  • Obyektlar »
  • Gipperssilka »
  • Formalar »
  • +Bonus

  • Belgilar kodlari jadvali »
  • Rang kodlari »
  • About

  • Muallif haqida »
  • FORMALAR



    FORMALAR

    Formalar <form> bilan boshlanadi va </form> bilan tugaydi. Ular knopkalar hosil qilishda, matn yozish uchun joy ochishda, e-mail saytlarida login va parolni kiritishda ishlatiladi. Uning parametrlari:
    NAME - forma nomi. ko'pincha bitta sahifada birqancha formalar kiritilayotganda kerak bo'ladi. ACTION - eng kerakli parametr. Formani yuborish URLi ko'rsatiladi.
    TARGET - yuborilayotganda qaysi oynada ochishini ko'rsatadi. a'ning parametriga o'xshash.
    Berilganlar form ichida probel tashlab yoziladi.
    Endi form orasida yoziladigan elementlarga o'tamiz.
    Textarea - matn kiritish uchun ochiladigan joy. Siz uni saytlarda fikr-mulohaza qo'shish joyida ko'rgan bo'lsangiz kerak.
    Parametrlari bilan tanishib chiqamiz:
    NAME - textarea nomi.
    ROWS - ekranda ko'rinadigan matn qatorlari soni.
    COLS - ekranda ko'rinadigan matn bo'yiga qatorlari soni.
    Misol:



    Select - "ko'plardan birini tanlash" parametri. U o'zida option orqali birnecha parametrlarni hosil qiladi. Parametrlar:
    NAME - 'select' nomi parametri.
    SIZE - menyudagi ko'rinadigan obyektlar soni.
    Misolni keltiramiz:



    Buni o'zingiz sinab ko'ring.
    Input - formalarning eng katta va keng tarqalgan qismi bo'lib, u orqali knopka hosil qilish, belgilash ishlari olib boriladi.
    Uning parametrlari:
    NAME - input nomi.
    TYPE - input tipini ko'rsatish, turlari:
    text - matn kiritish uchun joy, 'textarea'dan farqli ravishda u bir qatordan iborat bo'ladi. 'Size' va 'maxlength' parametrlariga ega.
    textarea - Textarea parametrining o'zi. Yaxshisi <textarea>ni ishlatgan ma'qul.
    password - parol kiritish uchun joy. U so'zlarni '*' ko'rinishida kiritadi.
    checkbox - ikkita yoki uchtasidan birini tanlash aniqrog'i "ha-yo'q" usulida ishlaydi.
    radio - radio knopkalar. Ular yordamida birnecha variantlarni belgilash imkoniyati beriladi.
    submit yoki button - ikkalasi ham knopka vazifasini bajaradi. Ammo Visual basic va Javascript'da ‘button’ qo'llaniladi.
    hidden - forma ichidagi sirli ma'lumotlar saqlanish uchun ko'rinmas qiluvchi parametri.
    VALUE - knopkalar uchun matn qo'shadi.
    SRC - grafik-rasmli knopkalarda rasm manzilini ko'rsatish uchun xizmat qiladi.
    ALIGN - knopkani joylashishi (o'ng, chap, o'rta)
    Misol:


    Male
    Female
    Ism:

    Parol:




    HTML-kodini olishga urinib ko'ring
    Formalarning ba'zilari faqat scriptlar yordamida ishlaydi.