Kirish

  • Qisqacha ma'lumot »
  • Head

  • Style »
  • Meta »
  • Base »
  • Link »
  • Script »
  • Body

  • Hatboshi »
  • Matn ko'rinishi »
  • Shriftlar »
  • Jadvallar »
  • Menyu qo'yish »
  • Obyektlar »
  • Gipperssilka »
  • Formalar »
  • +Bonus

  • Belgilar kodlari jadvali »
  • Rang kodlari »
  • About

  • Muallif haqida »


  • Qisqacha ma'lumot



    KIRISH
    HTML-coding – bu html-kodlar orqali web-dokument yaratish tili hisoblanadi. (HTML so’zining kengaytmasi Hyper Text Multi Language) HTML-kodi bilan web-dokument yaratish - bu dastlab qaraganda qiyin ishdek tuyuladi. Ammo bu orqali dokument yaratishni o'rganib olsangiz, sizga hech qayerda pand bermaydi. Hozirda HTML-kodi bilan ishlamasdan ham web-dokument yaratish mumkin. Bunda Macromedia Dreamwaver, Microsoft Frontpage va birqancha mayda tahrirlovchi dasturlar yordam beradi. Lekin siz maxsus dasturlar orqali dokument yaratsangiz, to'liq o'rgana olasiz deb kafolat bermayman. Shaxsan o'zim o'z saytimni yaratishda bor yo'g'i Bloknot standart dasturidan foydalanganman xolos :-) . Javascript va HTML-kodingni o'rganishda birortayam maxsus kitob kerak bo'lmadi. O'zim yoqtirgan saytlarning HTML-kodini ko'rib o'rganganman. Agar sizda ham Internetga ulanish imkoniyati bo'lsa shuni maslahat beraman. Demak boshladik.
    Bloknot dasturini ochamiz (Faqat 'tekstoviy dokument' yaratmang). Html kodida dastlab <html> yozuvi bilan boshlaymiz. Bu html-dokument boshlanishida yoziladi. Ohirida esa </html> yoziladi:



    Ularning ichida <head>ni yozamiz. Bu dokumentni bosh qismi bo'ladi. Unda sarlavha, style, meta, link, freym va scriptlar joylashadi. Undan so'ng body tana qismi va uning ichiga kerakli ma'lumotlar kiritiladi. Qisqasi dastlabki dasturingiz quyidagicha ko'rinish oladi.



    Ularni yonma-yon qilib yozsa ham bo'ladi. Faqat siz tushunishingiz uchun yangi qatordan boshlab yozdim. Uni ‘Rabochiy stol’da saqlaymiz. Saqlayotganda fayl nomidan keyin .html qisqartmasini ham yozishingiz kerak:
    *.html
    Bunda * siz beradigan nom.
    Saqlaganingizdan keyin uni ochasiz. U Internet Explorer dasturida ochiladi. Hech narsa yozilmadimi? Biroz shoshmang. Siz hozir dasturning "qolip"ini yozdingiz holos. Unga o'zgartirish kiritish uchun sichqonchani o'ng tomonini bosib hosil bo'lgan menyudan Ïðîñìîòð HTML-êîäà`ga kirasiz. Unutmang bunday o'zgartirish kiritish faqat dokument offlayn holatda bo'lgandagina amalga oshishi mumkin. Dokumentga sarlavha beramiz. Sarlavha dokument tepasida yozilib turadi.
    Sarlavha yozish uchun title buyrug'i kerak bo'ladi:

    <title> My program </title>

    (Bundan keyin buyruqlarni ‘teg’ deb ataymiz) Dokument ichiga narsa yozish uchun body tegi ichiga xohlagan yozuvingizni yozasiz. Misol:



    Saqlab sinab ko'ring. Bunda dokument sarlavhasi "My program", ichida esa "My web" yozuvi yozilgan bo'ladi. Yozuv odati bo'yicha Times new roman shriftida va 10-kattaligida bo'ladi.