Kirish

• Qisqacha ma'lumot »
• Head

• Style »
• Meta »
• Base »
• Link »
• Script »
• Body

• Hatboshi »
• Matn ko'rinishi »
• Shriftlar »
• Jadvallar »
• Menyu qo'yish »
• Obyektlar »
• Gipperssilka »
• Formalar »
• +Bonus

• Belgilar kodlari jadvali »
• Rang kodlari »
• About

• Muallif haqida »
• GIPPERSSILKA

GIPPERSSILKALAR

Eng keng tarqalganlaridan biri bosiluvchi ssilkalardir. U  bilan belgilanadi. 'href='dan so'ng qo'shtirnoq ichiga qayerga kirishi yoziladi. Masalan  My site  bunda 'My site' bosiladi. va mening saytimga kiradi, agar Internet bo'lsa. Yoki web-sayt yaratayotgan bo'lsangiz,

About  -

sizning HTML-dokumentingiz bilan birga turgan yana bir html-dokument 'about.html'ga kiradi. Bu ko'pincha offlayn rejimda ishlayotganingizda qo'l keladi. Yoki u bilan rasmni ham brouzerda ochish mumkin:

Cola rasmi .

Rasm brouzerda ochiladi. Eslatma, rasm html-dokumentingiz bilan bir papkada turishi kerak.
Html-dokumentlarni yangi oynada ochadigan qilish ham mumkin. Bunda bizga 'target' kerak bo'ladi. 'target=' qilib uning parametrini yozamiz. Masalan

Tenorio  - Yangi oynada ochiladi.
Agar dokumentda ma'lumotlar ko'p bo'lsayu, ancha pastga tushishga to'g'ri kelsa, bunda ham 'a' ning yordami tegadi. Siz o'z dokumentingiz pastki qismiga 'tepaga qaytish' yozuvini qo'yishingiz mumkin. U bosilganda dokument tepa qismiga qaytiladi:

- dokumentning tepasiga qaytiladi.

Yoki dokumentning istalgan xatboshisiga ham olib borish mumkin. Bunda dastlab o'sha hatboshi yoniga  yozish kerak(wordning o'rniga hohlagan so'zingizni yozing). So'ngra sahifa ohirida Hatboshi qo'yiladi. word - bu yerda siz yozadigan so'z. U bitta so'zdan iborat bo'lishi kerak.
Qolgan parametrlar:
ftp://... - ftp-saytlarga kiruvchi yo'l hosil qiladi.
news:... - serverda xabarlar konferensiyasiga yo'l;
telnet://... - kompyuterni telnet sessiyaga ulovchi ssilka
mailto:... - pochta dasturi orqali xat yuborish. Windowsda bu dastur - Outlook Express.
Pochtaga xat yozish ssilkasi keng tarqalgan bo'lib, asosan

ko'rinishida bo'ladi. Buni qo'shimchalari bilan kengaytirish mumkin. Masalan:

Bunday ko'rinishda 'mailto:tenorio.uz@rambler.ru' odatdagidek kimga yuborish joyiga tushadi. '?subject=Mulohaza' - Matn nomiga yoziladi. '&cc=prince.uz@iguzar.com' - nusxasini qayerga saqlash, '&body=salom' - matn yozish qismidagi so'z.
Rasmlarda ssilka ham so'zlardagidek qilinadi: